Yangiliklar
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faollar zalida boshqarma apparat xodimlari uchun navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
27-avgust 2025-yil
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari hamda boshqarma xodimlari qatnashdilar.
Yig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili 2-sentyabridan (seshanba kuni) boshlanishi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalari har tomonlama tayyor bo‘lishi, bilimlar kunini yuqori saviyada o‘tkazish va dars jarayonlarini belgilangan darajada o‘tilishi, yo‘l harakati xavfsizligi, darsliklar ta’minoti kabi bir qator dolzarb va muhim masalalarga barchaning e’tiborini qaratdi. Rahbar mazkur ishlarni talab darajasida bo‘lishida boshqarma xodimlari mas’uliyatli va fidoyi bo‘lishlarnini alohida ta’kidladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.