Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan “Bog‘chada noqonuniy yig‘imlar. Yolg‘on ma’lumotlar fosh bo‘ldi” mazmunida tarqatilgan lavhaga Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining RASMIY MUNOSABATI
29-avgust 2023-yil
Ushbu ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
O‘z vazifasiga sovuqqonlik munosibatida bo‘lgan Rishton tumanidagi 11-MMT mas’ullari tegishli tartibda ogohlantirildi.
Ma’lum bo‘lishicha ayrim ota-onalar oilaviy sharoitlari tufayli bolalar uchun to‘lanadigan oylik badallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasaning tarbiyachilariga bankga to‘lab qo‘ishlarini iltimos qilishgan...
O‘z navbatida Rishton tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi va viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan mazkur ta’lim muassasa xodimlariga bu borada har tomonlama tushunchalar berildi.
Mas’ullar ham ogohlatirilganligini bildiramiz.
Oziq-ovqat, tozalik va sanitariya-gigiyenik talablarni yaxshilash yuzasidan chora tadbirlar tashkillanib, viloyatdagi barcha MMTlarda noxush holatlarning oldini olish maqsadida tadbirlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.