Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining “Maktab rahbari o‘qituvchilardan “Ochiq byudjet”ga 100 tadan ovoz talab qilyapti” mazmunda ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarga MUNOSABATI 

11-sentabr 2023-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan ushbu xabar tegishli tartibda o‘rganildi. 

Mazkur xabarda Qo‘qon shahridan 22-maktab rahbari har bir o‘qituvchidan “Ochiq byudjet”ga 100 tadan ovoz yig‘ishni talab qilayotgani iddao qilingan. O‘rganish jarayonida mazkur xabardagi faktlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Yoshlar uchun imkoniyat yaratish maqsadida Qo‘qon shahridagi “Temir yo‘lchi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 22-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan yeriga yoshlarni va mahallaning uyushmagan yoshlarini ommaviy sportga jalb qilish uchun sport markazlarini tashkil etish maqsadida «Open byudjet»ga 1 300 000 000 so‘m mablag‘ hisobiga maktab hududida sun’iy qoplamali sport maydoni qurish loyihasi taklifi kiritildi va u tasdiqlandi.

Ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangani va “Open byudjet”ga ovoz yig‘ish jarayoniga qo‘yilgani maktab o‘qituvchilari va ushbu hudud yoshlarini nihoyatda quvontirdi.

 Chunki, maktab shahar chekkasida joylashgan bo‘lib, markaziy stadion 5 km olisda va sun'iy qoplamali futbol maydonlari bu hududda mavjud emas. 

Ovoz yig‘ish jarayonlariga o‘qituvchilar o‘z tashabbuslari bilan hozirgi vaqtga qadar 1700dan ziyod ovoz yig‘ishdi.
 
Bu tashabbusda birinchilardan bo‘lib eng ko‘p ovoz yig‘ish bo‘yicha maktab rahbari peshqadamlik qilgandan keyin jamoadagilar rahbarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ushbu jarayonni noqonuniy, majburiy mehnat sifatida baholab fuqaro Q.X. maktab direktoriga nisbatan g‘araz niyatda uni gapini telefoniga yozib olib, shantaj qilgan.

Unga direktordan maktabning oshxonasini shartnomasiz berishini talab qilgan. Rad javobini olgach, uni ta'qib qilishni boshlagan... va “Maktab rahbari o‘qituvchilardan “Ochiq budjet”ga 100 tadan ovoz talab qilyapti” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

O‘rganish jarayonida maktab jamoasi bilan ham suhbatlashildi. Ijtimoiy tarmoqda chiqqan videolavhadan ular o‘ta norizo ekanliklarini va ovoz to‘plash jarayonida ixtiyoriy va yaxshi niyatlar bilan maktabning butun jamoasi harakat qilganini bildirishdi. “Ovoz yig‘ish” jarayoni maktab jamoasini jipslashtirganini va o‘zaro hurmat rishtalarini yanada  mustahkam bo‘lishiga xizmat qilganini e’tirof etishdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb