Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

17-sentabr 2023-yil
image

“Oltiariq tumanidagi 36-MTT binosi ta’mirtalab holatda ekanligi, sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganligi, bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarida yetishmovchiliklar borligi...” mazmunida Oltiariq tumandagi 36-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan tanqidiy lavha tegishli tartibda o‘rganildi.

Mazkur tumandagi 36-DMTT Hamid Olimjon MFY hududida joylashgan bo‘lib, bino 1973-yilda qurilgan.

Muassasada 100 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. 
O‘rganish jarayonida muassasada faoliyat olib borayotgan tibbiyot hamshirasi tomonidan kundalik sanitar-gigienik talablari o‘z vaqtida nazoratga olmagani, tozalov ishlari talab darajasiga yetkazilmagani aniqlandi.  

Tarqatilgan xabardagi taom tayyorlash mezonlariga muvofiq emasligi xususidagi vaj o‘z tasdig‘ini topmadi. 

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida taklif qilingan soha mutaxasislari SanQvan 0016-21 talablari buzilmaganligi, taomnoma “Aqlvoy oshpaz” taomlar to‘plamiga muvofiq tuzilganligi va unga ko‘ra belgilangan 10 kunlik me’yorlar to‘liq bajarilganligini ma’lum qilishdi.

 Shuningdek, 10 kunlik Taomnomaning 3-kunidagi 1-taomga talab etilgan tovuq go‘shti hisobga olinmaganligi sababli go‘sht mahsulotining sarfi SanPi talabi bajarilmagan deb hisoblangan. (Bunda taom uchun talab etilgan tovuq go‘shti hisobga olinmagan). 

Muassasaga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hisobxonasi tomonidan Avgust oyi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarqatilgan Taomnoma so‘rg‘ichlangan, imzolangan va muhrlangan holatda berilganligini bildiramiz.

Ma’lum tartib va talablarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani va tozalik ishlar hamda xodimlar sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun 36-DMTT rahbari va mas’ul xodimlari ogohlatirilganini ma’lum qilamiz.
 
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb