Yangiliklar
KASBIY RIVOJLANTIRISH KUNI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
9-oktabr 2025-yil 
Bugun Oltiariq tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim tayanch maktabida xorijiy tillar fani o‘qituvchilarining navbatdagi “Kasbiy rivojlantirish kuni” o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlarni tajribali mentor-o‘qituvchilar Zulfizar Mansurova va Zulfizar Madrahimova olib bormoqda.
Tadbirda tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 47 nafar xorijiy tillar fani yetakchi o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.