Yangiliklar
FARG‘ONADA SEMINAR-TRENING
27-oktabr 2025-yil 
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan “Korrupsiya sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish” fundamental ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida “Korrupsiya jinoyatlarini oldini olish va unga qarshi kurash choralari hamda bu borada xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, apparat xodimlari, Farg‘ona shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali viloyatdagi shahar va tumanlarda joylashgan studiyalarda bo‘lim rahbarlari, xodimlar hamda maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutasaddilari onlayn tarzda qatnashdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimi, siyosiy fanlar doktori Munira Qahhorova, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yetakchi ilmiy xodimi Qodir Quliev, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Ulug‘bek Saidov ma’ruza bilan chiqish qildilar.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar anonim test-so‘rovnomada qatnashdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.