Yangiliklar
Nomzodlarni aniqlash jarayonlari o‘tkazildi
29-oktabr 2025-yil 
Bugun Farg‘ona viloyati Direktorlar kengashi tomonidan bo‘sh (vakant) maktab direktori lavozimlariga eng munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida mas’uliyatli va shaffof suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Suhbat jarayonlari Zoom platformasi orqali doimiy kuzatuv havolasi yordamida videoyozuvga olinmoqda. Bu esa jarayonning ochiqligi va xolisligini to‘liq ta’minlamoqda.
Suhbatlarda nomzodlarning:
- jamoani boshqarish va liderlik mahorati,
- tashabbuskorligi va yangicha fikrlashi,
- nutq madaniyati hamda notiqlik san’ati,
- zamonaviy ta’lim islohotlariga munosabati.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.