Yangiliklar
“Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs undan tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i va uning o‘g‘li pul talab qilayotgani” mazmunda ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan murojatga
21-oktabr 2023-yil
MUNOSABATI
Ushbu ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan murojaat viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruh tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.
Fuqaro O‘.Nazarov o‘z murojaatida Beshariq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbari undan pul talab qilaytganini, uning tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotganini iddao qilgan.
Boshqarma mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib, fuqaro ishtirokida holat atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Beshariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari ish faoliyatiga to‘sqinlik qilishga, tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib qo‘yilishga hech qanday qonuniy vakolati yo‘qligi aniqlandi.
Fuqarodan bo‘lim rahbari pul talab qilish bo‘yicha qilgan vajlari ham o‘z tasdig‘ini topmadi.
Holat tegishli tartibda huquq-tartibot idoralari tomonidan ham o‘rganib, asosiz murojaat ekanligi borasida huquqiy baho berilganini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, asoslanmagan ma’lumot va xabarlarni tarqatish qonun oldida javob berishga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.