Yangiliklar
Farg‘onada pedagoglar attestatsiya jarayonida faol ishtirok etmoqdalar
28-oktabr 2025-yil 
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Farg‘ona shahridagi 28-umumta’lim maktabida o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonlari bilan tanishdi. U tadbir mas’ullari va ishtirokchilari bilan suhbatlashib, barcha ustozlarga ishlarida omad va muvaffaqiyat tiladi.
Bugun viloyatimiz bo‘yicha 1 300 nafar ona tili fani o‘qituvchisi malaka imtihonlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ayni damda ustozlarimiz ushbu jarayonda yuqori kayfiyat bilan faol qatnashmoqdalar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.