Yangiliklar
Sen iste’dodlisan” tanlovi — imkoniyatlar chegarasini kengaytirayotgan ezgu tashabbus
27-oktabr 2025-yil 
Sen iste’dodlisan” tanlovi — imkoniyatlar chegarasini kengaytirayotgan ezgu tashabbus
Marg‘ilon shahrida ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning hayotga bo‘lgan ishtiyoqi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularni mustaqil hayotga dadil qadam qo‘yishga hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish immunitetini shakllantirish maqsadida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda uyda yakka tartibda hamda inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Musobaqa estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilib, jami 14 nafar o‘quvchi o‘z iqtidorini namoyon etdi.
Ishtirokchilar san’atga bo‘lgan mehrini, orzu-intilishlarini va ijodiy salohiyatlarini namoyish etishdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.