Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onada CHSB test sinovlari davom etmoqda

27-oktabr 2025-yil
image

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 119 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-chorak yakuniga bag‘ishlangan markazlashgan CHSB test sinovlari onlayn shaklda davom etmoqda.

Bugun viloyatning 117 ta maktabida 8-sinf o‘quvchilari “Algebra” va “Fizika” fanlaridan 1-chorak yakuni bo‘yicha test sinovlarini topshirmoqdalar.

Mazkur test sinovlari o‘quvchilarning chorak davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Test jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida sinf xonalari ZOOM platformasiga ulanib, boshqarma mas’ullari tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb