Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

26-noyabr 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda “Quva tumanidagi 31-DMTTda issiqlik tizimi yaxshi emas...” mazmunida xabar tarqaldi. Holat tegishli tartibda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Quva tumani Rasta MFY hududida joylashgan 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga “Sharq Javohiri” MChJ davlat–xususiy sherikchiligi asosida xizmat ko‘rsatadi. Muassasaga biriktirilgan o‘t yoquvchi betobligi sabab ishga kelmagan va shu kuni xonalar harorati talab darajasidan past bo‘lgani aniqlangan.

Ayni kunning o‘zida mas’ul tashkilot tomonidan boshqa o‘t yoquvchi ishga jalb qilingan va muammo bartaraf etilgan.

 Hozirda ta’lim muassasasining binosidagi barcha isitish qozonlari to‘liq ishlamoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb