Yangiliklar
Farg‘onada Fan olimpiadasining 3-bosqichi yanada qizg‘in davom etmoqda.
26-noyabr 2025-yil
Ushbu bosqich quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi:
11-sinf – Informatika
10-sinf – Matematika va Biologiya
9-sinf – Fizika va Kimyo
Qizlar olimpiadasi – 11-sinf Matematika
Bugungi bellashuvlarda jami 350 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etmoqda. Shuningdek, alohida o‘tkazilayotgan Qizlar olimpiadasida 139 nafar qiz o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda.
Olimpiada jarayonlari viloyat miqyosidagi malakali hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilinib, barcha bosqichlar belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, shaffof va adolatli tarzda o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, sinovlar osoyishta va tartibli muhitda olib borilmoqda.
Fan olimpiadasi yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va makтаб ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.