Yangiliklar
Farg‘onada “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
27-noyabr 2025-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi 25-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishini yoshlar ongiga singdirish orqali ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilafruz Qosimova barcha ishtirokchilarga omad tiladi hamda o‘quvchilarni nufuzli tanlovda faol bo‘lishga chorladi.
Bugungi bellashuvda viloyatdagi 19 ta shahar va tumanlarda tashkil etilgan ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan 95 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Mazkur maktabda tanlovda qatnashayotgan o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bellashuvning odilona va shaffof o‘tishi uchun choralar ko‘rilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.