Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Munosabat

16-oktabr 2023-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda,  “Ruxsor” televideniyasining axborot dasturida Farg‘ona tumanidagi  1-DMTT rahbari pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingani haqida tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Shu yil 23-avgust kungi boshqarma boshlig'ining 351-k-sonli buyrug‘i bilan Farg'ona tumanidagi 11-maktabgacha davlat ta'limi tashkiloti direkiori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflar kelishuviga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasi 1-qismiga asosan bekor qilindan.

Rahbariyat tomonidan yig‘ilish va tadbirlarda korrupsion holatlardan saqlanish, vijdonan har bir xodim xizmat vazifalarini bajarishi ko‘p bora ta’kidlangan.

Shunga qaramay, Farg‘ona tumanidagi 11-DMTT direkiori tomonidan qonunga xilof harakat amalga oshirilgan. 

Hozirda bu borada huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb