Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Toshloq tumanidagi 23-maktabning yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi

2-dekabr 2025-yil
image

Zamonaviy qiyofa kasb etgan ta’lim maskanining ochilish marosimida tuman hokimi, tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mas’ullari, faxriy ustozlar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur maktab sobiq ittifoq davrida, 1964-yilda 4 ta o‘quv xonasi bilan faoliyat boshlagan edi. Keyinchalik ta’lim maskani kengaytirilib, o‘quvchilar sig‘imi 240 o‘ringa yetkazilgan bo‘lsa-da, zarur sharoitlar yetarli emas edi. O‘quvchilar soni esa yildan-yilga ortib bordi.

Davlatimiz e’tibori tufayli investitsiya dasturi doirasida maktabda to‘liq yangilanish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 8 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy qurilish talablariga to‘la javob beradigan, 540 o‘quvchiga mo‘ljallangan 3 qavatli yangi binosi barpo etildi. Yangi inshoot keng va yorug‘ sinfxonalar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxona va axborot-resurs markazi bilan jihozlandi.

Ta’lim maskanining yana bir muhim qulayligi — imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun yaratilgan infratuzilma hisoblanadi. Xususan, maxsus panduslar, ko‘tarma yo‘laklar va lift o‘rnatilib, barcha bolalar uchun teng imkoniyatga ega sharoitlar yaratildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb