Yangiliklar
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
6-dekabr 2025-yil
Korrupsiyaga qarshi kurash — har birimizdan boshlanadi!
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi, adolat va ishonchga putur yetkazuvchi illatdir. Bugun ushbu sana butun dunyoda halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini targ‘ib etish maqsadida keng nishonlanadi.
Sana munosabati bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Oltiariq tumanidagi 14-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida:
korrupsiya tushunchasi va uning mohiyati,
jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri,
uning kelib chiqish omillari,
mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilan savol-javob va fikr almashinuvi ham tashkil qilindi.
Halollik — kelajagimiz poydevori. Har birimiz shu mas’uliyatni anglab ish tutsak, korrupsiyasiz jamiyatga erishish — albatta mumkin.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.