Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

13-oktabr 2023-yil
image

“Ruxsor” televideniyasining axborot dasturida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi firibgarlik yo‘li bilan fuqarodan pora olagan vaqtida ashyoviy dalillar bilan “tezkor tadbir”da qo‘lga olindi mazmunida xabar efirga uzatildi.

Noxush holatdan boshqarma ma’muriyati va  jamoa afsusda.

Rahbariyat tomonidan xodimlar yig‘ilish va tadbirlarda ko‘p martalab korrupsion holatlardan saqlanish, halolu pok o‘z xizmat vazifalarini bajarish ta’kidlangan. 

Shunga qaramay xodimlardan biri qonunga xilof harakatini amalga oshirilganlikda gumon qilingan.
 
Hozirda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayottganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb