Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘ona viloyati maktablarida ro‘yxatga olish jarayoniga oid roliklar namoyish etilmoqda

12-dekabr 2025-yil
image

Xabardorsiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi umumta’lim maktablarida aholining ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati va mazmunini tushuntiruvchi animatsion roliklar o‘quvchilarga namoyish etilmoqda.

Ushbu roliklar yosh auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyatini sodda, tushunarli va qiziqarli shaklda yetkazib berishga xizmat qilmoqda.

Bugun Farg‘ona shahridagi 21-maktabda ham mazkur targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb