Yangiliklar
O‘ZBEKISTON TUMANIDA NAVBATDAGI “SAYYOR QABUL” O‘TKAZILDI
18-dekabr 2025-yil
“Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!”
Hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tasdiqlangan reja-jadval asosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabul “Inson qadri” tamoyili asosida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston tumani 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 23 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Shundan 16 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ularning 13 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 3 ta murojaat yuzasidan esa tegishliligi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning asosiy qismi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti ochish, qurilish-ta’mirlash ishlari, ta’lim muassasalarini jihozlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.