Yangiliklar
"Prezident archasi" bolajonlarga unutilmas quvonch ulashdi
25-dekabr 2025-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr–konsert saroyida an’anaviy “Prezident archasi” bayram tantanasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Yangi yil arafasida tashkil etilgan mazkur tadbir bolajonlar uchun chinakam bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Bayram tadbirida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi, ularga sog‘lik, baxtiyorlik va o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida Prezidentimiz nomidan tayyorlangan maxsus Yangi yil sovg‘alari bolalarga tantanali tarzda topshirildi.
Bayram dasturi doirasida qiziqarli sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar namoyish etilib, bolajonlarga quvonch va shodlik ulashdi.
Ushbu tadbir kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Аxborot xizmati.