Yangiliklar

.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Farg‘ona tumanidagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi

24-dekabr 2025-yil
image

O‘rganishlar davomida tumandagi 18-, 36- va 51-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shuningdek, 20-, 24- va 63-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish tizimi hamda sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida esa dars jarayonlari, to‘garaklar faoliyati, ta’lim sifati, issiqlik ta’minoti va xavfsiz muhit masalalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar yakunida boshqarma boshlig‘i aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha soha mas’ullari va ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Аxborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb