Yangiliklar
kutubxonachilar uchun seminar
7-yanvar 2026-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi 25-maktab kutubxonasida maktab kutubxona mudiralari va faoliyat yuritayotgan kutubxonachilar ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Unda maktab kutubxonalarida ish jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, fondni to‘g‘ri yuritish va kutubxonachilarning kasbiy malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida kutubxona fondi kataloglari va badiiy adabiyotlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.