Yangiliklar

.

Farg‘onada “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

6-yanvar 2026-yil
image

Tanlov Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov so‘z olib, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi. Shuningdek, tanlovning mazmun-mohiyati, yurtimizda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi faolligini oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovi raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasiga qiziqish bildirayotgan yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida 2021-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb