Yangiliklar
Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari Quvasoy shahrida
12-yanvar 2026-yil
Xabaringiz bor, viloyatimizda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan
“O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha ta’lim pedagog kadrlarining malakasini oshirish” loyihasi doirasida qator ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Bugun mazkur loyiha doirasida Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari – Diana Kim va Jun Yun Sook xonim Quvasoy shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar ta’lim muassasasida olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Monitoring davomida “O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya” jarayonlari kuzatildi. Mazkur metod asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning faolligi xorijiy mutaxassislarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Ma’lumot uchun: Quvasoy shahridagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘rt nafar xodimi 2025-yil iyun oyida ikki hafta davomida aynan ushbu metodika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, tajriba almashib kelgan edi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.