Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ro‘yxatdan o‘tmoqda
17-yanvar 2026-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar muhim tadbir o‘tkazilishi boshlandi.
Ma’lumki, ro‘yxatga olish jarayoni ikki bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich: 15-31-yanvar kunlari (17 kun davomida) https://census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur bosqichda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparati xodimlari faol ishtirok etmoqda.
2-bosqich: 4–28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan uyma-uy yurib, planshet qurilmalari orqali ro‘yxatga olish jarayonlari tashkil etiladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘ting – kelajakni birgalikda quraylik!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.