Yangiliklar
Furqat tumanida "Kelajak_soati"
10-mart 2026-yil
Bugun Furqat tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Muhammadjon Ortiqov tumandagi 4-umumta’lim maktabida navbatdagi “Kelajak soati” darsini o‘tkazdi.
Mazkur dars O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 308-sonli buyrug‘ining 4-ilovasiga muvofiq tashkil etildi.
“Mehnatining tagi rohat” mavzusida o‘tgan ushbu ochiq va namunaviy dars davomida o‘quvchilarga mehnatsevarlik, intizom va mas’uliyatning inson hayotidagi muhim o‘rni haqida batafsil tushunchalar berildi. Har qanday yutuq ortida izlanish, sabr-toqat va tinimsiz mehnat mujassam ekani hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning kelajakdagi maqsadlari, orzu-intilishlari hamda kasb tanlashda mehnatning ahamiyati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bilim va mehnat uyg‘unligi – muvaffaqiyat kalitidir. Mazkur dars o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat va kelajak oldidagi maqsadlarni aniq belgilashga xizmat qildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.