Yangiliklar

.

Buvayda tumanida viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

6-mart 2026-yil
image

Buvayda tumani 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining samaradorligini oshirish mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman (shahar) bo‘limlarining mas’ullari, metodistlar, mentor va yetakchi o‘qituvchilar ishtirok etib, ta’lim muassasalarida kasbiy rivojlanish tadbirlarini samarali tashkil etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb