Yangiliklar

.

Toshloq tumanida iqtidorli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

6-mart 2026-yil
image

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhiddinjon Teshaboev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish hamda kelajakda yuqori natijalarga erishishlari uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati jarayonida ekologiya yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovda faxrli 3-o‘rinni egallagan 33-maktabning “Yashil akademiya” jamoasi, shuningdek, “Marhabo talantlar” ijodiy tanlovi hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol yoshlar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday e’tirof yoshlarning kelgusida yanada katta marralarni zabt etishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Аxborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb