Yangiliklar

.

Prokuror  yoshlar bilan uchrashdi

5-mart 2026-yil
image

Har payshanba Yozyovon tumani 12-maktab o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi. 

Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning bilim va iste’dodlarini namoyon etish, ularni kitobxonlik, ijodkorlik va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdir.

Tadbir davomida sport musobaqalari va insholar tanlovi o‘tkazildi, g‘olib o‘quvchilar esa maxsus taqdirlandilar.

Shu bilan birga, yoshlar orasida adabiyot va ma’naviyatga qiziqishni oshirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash tadbirning muhim vazifalaridan biridir.

Bunday tadbirlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, nutq madaniyati va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Аxborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb