Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
4-mart 2026-yil
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabga farzandining ortidan kelgan erkak boshqa bir ayolni do‘pposlagani aytilmoqda” mazmunida xabar tarqatildi.
Mazkur xabarda Margʻilon shahridagi 25-maktabda ikki nafar o‘quvchi o‘zaro tortishib qolgani va ularning janjali bois maktabga kelgan ota hamda ona o‘zaro janjallashgani iddao qilingan.
Noxush holat tegishli tartibda o‘rganilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan janjallashgan fuqarolarning arizasiga asosan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilayotganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.