Yangiliklar

.

Inklyuziv ta’limga ustuvor e’tibor

4-mart 2026-yil
image

Oltiariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli DMTTda inklyuziv ta’lim tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. 

Muassasada har bir bolaga teng imkoniyat yaratish, ularning individual ehtiyoj va qobiliyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilmoqda.

Maxsus pedagog va psixologlar hamkorligida bolalarning ijtimoiylashuvi hamda rivojlanishi bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Inklyuziv ta’lim — bu mehr, e’tibor va teng imkoniyatdir!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Аxborot xizmati. https://t.me/FarVMMTB/31036

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb