Yangiliklar
IELTS imtihonida 8 ball
3-mart 2026-yil
Furqat tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-umumta’lim maktabining 10-“A” sinf o‘quvchisi Yusupov Izzatbek Mirzaolim o‘g‘li xalqaro IELTS imtihonida 8 ball natijani qo‘lga kiritdi.
Yusupov Izzatbek 9-sinfda o‘qib yurgan paytida ushbu sinovlarda qatnashib, 6.5 ball olgan edi. Oradan bir yil o‘tib, o‘z ustida tinimsiz ishlash va izlanishlar natijasida ko‘rsatkichini yanada yaxshilab, IELTS 8 natijaga erishdi.
Izzatbekning kelgusidagi o‘qishlariga ulkan muvaffaqiyat va rivoj tilaymiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.