Yangiliklar

.

Iftorlik tashkil etildi

14-mart 2026-yil
image

Mehr-shafqat va saxovat oyi bo‘lgan muborak Ramazon munosabati bilan yurtimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan xayrli ishlar izchil davom etmoqda.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan 200 nafar faxriy ustoz va xodimlar uchun iftorlik tadbiri tashkil etildi.

Unga sohada ko‘p yillar fidokorona mehnat qilib, ayni damda keksalik gashtini surayotgan viloyatimiz shahar va tumanlaridan faxriy ustozlar taklif etildi.

Iftorlikda ishtirok etgan faxriy ustoz Olimjon Hakimov o‘z minnatdorligini quyidagicha izhor qildi:

 Bugun bizga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda mamnunmiz. Ramazon oyida bunday saxovatli tadbir tashkil etilgani qalbimizga quvonch bag‘ishladi. Hamkasblar bilan diydorlashdik, ta’lim sohasidagi islohotlar va yangiliklardan barchamiz mamnunmiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Tadbir so‘ngida Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini tilab duolar qilindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb