Yangiliklar
Hasharda faol qatnashib, yurtimizni yanada obod etamiz!
14-mart 2026-yil
Mamlakatimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari xalqimizning azaliy qadriyatlari — birdamlik va bunyodkorlik an’analarining yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Viloyatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida ham hashar ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Tadbir doirasida joylarda tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, mevali va manzarali nihollar ekilmoqda hamda mavjud daraxtlarga mavsumiy ishlov berilmoqda.
Shuningdek, bugun viloyatdagi ta’lim muassasalari hududlariga 40 000 dan ziyod mevali va manzarali daraxt hamda 18 000 dan ortiq gul ko‘chatlari ekildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.