Yangiliklar

.

ChSB testlari o‘tkazilmoqda

13-mart 2026-yil
image

Farg‘ona viloyatida ta’lim sifati va baholash tizimini takomillashtirish maqsadida yangi baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 

Hozirda viloyatdagi 210 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mazkur tizimga o‘tgan.

2026-yil 10–18-mart kunlari esa 166 ta maktabda 5–11-sinf o‘quvchilari uchun ChSB (choraklik summativ baholash) test sinovlari onlayn shaklda o‘tkazilmoqda.

Test jarayonlari o‘quvchilarning bilim darajasini xolis va shaffof baholash hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Jarayonlar barcha maktablarda belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb