Yangiliklar

.

“Hashar elga yarashar” – So‘x tumanida obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi

13-mart 2026-yil
image

So‘x tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida hududlarni obodonlashtirish hamda atrof-muhit tozaligini ta’minlash maqsadida “Hashar elga yarashar” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.

Tadbir davomida tumandagi 33 ta umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, hududlar tozalanib, daraxtlarga mavsumiy ishlov berildi, gulzorlar tartibga keltirildi hamda ta’lim maskanlari atrofi yanada fayzli ko‘rinishga keltirildi.

Bunday tadbirlar ta’lim muassasalarida toza va ozoda muhitni yaratish, shuningdek, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb