Yangiliklar
“O‘qish savodxonlari” tanlovi boshlandi
13-mart 2026-yil
Farg‘ona tumanidagi 48- va 55-umumta’lim maktablari PIRLS–2026 xalqaro tadqiqotida ishtirok etish uchun tanlab olingan maktablar qatoridan joy oldi.
Shu munosabat bilan mazkur maktablarning 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanlovi boshlandi.
Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilarning matnni tushunib o‘qish, fikrni tahlil qilish hamda o‘qish madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, PIRLS–2026 xalqaro tadqiqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.
Mazkur tanlov orqali o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.