Yangiliklar
Xayrullo Bozorov faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi
12-mart 2026-yil
Margʼilon shahrida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning iqtidorini roʼyobga chiqarish va erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish muhim ekanini taʼkidladi. Yoshlarning bu kabi muvaffaqiyatlari tengdoshlari uchun ham ibrat boʼlib xizmat qilishi qayd etildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.