Yangiliklar
Amaliy seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi
11-mart 2026-yil
Xabaringiz bor bugun Farg‘ona shahrida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda ta’lim muassasalarida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilar va pedagoglarning ruhiy farovonligini ta’minlash, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, konstruktiv muloqot olib borish hamda zamonaviy psixologik metodlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga psixodiagnostika, maslahat va trening metodlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.