Yangiliklar

.

DANG‘ARA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

18-mart 2026-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vohidjon Mamajonov tomonidan Dang‘ara tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda tumandagi ta’lim sohasi mas’ul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Muloqotlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning soha faoliyatiga doir murojaatlari mutasaddilar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, pedagoglarning mehnat munosabatlari hamda ishga joylashish masalalariga oid murojaatlar tinglandi.

Shuningdek, fuqarolarning ta’lim sohasiga doir taklif va mulohazalari ham eshitilib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb