Yangiliklar

.

ANA BIR FARG‘ONALIK — MUTLAQ G‘OLIB! 

28-mart 2026-yil
image

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida yana bir farg‘onalik o‘quvchi yuksak natijani qo‘lga kiritdi.

Qo‘qon shahar 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xalilova Kamola Karimovna nemis tili fanidan 98 ball to‘plab, 1-o‘rinni egalladi hamda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan g‘olibamizni, uning ustozlarini hamda eng yaqin ko‘makchilari bo‘lgan ota-onasini samimiy tabriklaymiz!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb