Yangiliklar
“ENG YAXSHI HUQUQ O‘QITUVCHISI” ANIQLANDI
27-mart 2026-yil
So‘x tumanida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman adliya bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Unda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etib, 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.
G‘oliblar tuman adliya bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.