Yangiliklar

.

Kichik shaxmatchidan katta g‘alaba!

27-mart 2026-yil
image

Farg‘ona viloyati bosqichida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan Oltiariq tumani 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi G‘anijonova Enaxon Soxibjon qizi o‘zining iste’dodi, intilishi va qat’iyati bilan Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Mazkur yutuq nafaqat Enaxonning shaxsiy muvaffaqiyati, balki uni puxta tayyorlagan ustozlar, qo‘llab-quvvatlagan ota-onalar hamda ta’lim muassasasining samarali mehnati natijasidir. 

Yosh bo‘lishiga qaramay, shaxmat kabi yuksak tafakkur, diqqat va strategik fikrlashni talab qiladigan musobaqada yuqori natijaga erishgani alohida e’tirofga loyiqdir.

Enaxonjonning yutuqlari bardavom bo‘lsin, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb