Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
27-mart 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘chalardagi ahvolimiz...” sarlavhasi ostida xabar tarqatilib, unda Beshariq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida mudira tomonidan 44 million so‘mdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilingani iddao qilingan.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu DMTT faoliyati yuzasidan 2025-yilda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.
Amaldagi tartibga muvofiq, mazkur DMTT direktori tergov harakatlari yakunlangunga qadar 2025-yil 1-dekabrdan lavozimidan vaqtincha chetlatilgan.
To‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.
Beshariq tuman sudining 2026-yil 24-fevraldagi hukmiga asosan o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq davlat byudjetiga undirilgan hamda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan DMTT direktoriga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan mazkur xodim 2026-yil 17-martdan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.