Yangiliklar
OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
26-mart 2026-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbir Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-19-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratildi.
Tadbir davomida farmonda belgilangan asosiy yo‘nalishlar, xususan:
— maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish,
— davlat-xususiy sheriklik asosida yangi bog‘chalar tashkil etish,
— ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish,
— pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash,
— bolalar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish kabi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, farmon doirasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Bu esa xususiy sektor vakillarining ta’lim tizimidagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ochiq muloqotda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tizimdagi yangilanishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil va asosli javoblar qaytarildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.