Yangiliklar
Yozyovon tumanidagi 12-maktabda “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
26-mart 2026-yil
Unda viloyat MMTB o‘rinbosari Muhiddinjon Teshaboyev hamda tuman MMTB boshlig‘i Foziljon Yuldashev ishtirok etdi. Tadbirda pedagoglar va 220 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.
Uchrashuvda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
O‘quvchilar bilim olishga, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga hamda sport va to‘garaklarda faol bo‘lishga chaqirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.