Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
26-mart 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlar va televizion efirlar orqali Quva tumanidagi 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlari o‘g‘irlangani bilan bog‘liq holat keng muhokama va tanqid ostiga olindi.
Mazkur holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.