Yangiliklar
Adliya vazirligi bilan hamkorlikda "Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi" nomli davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosi bo‘yicha tadbir
5-sentabr 2023-yil
Bugun "Madad" – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda "Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi" nomli davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosi bo‘yicha Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ushbu maydoncha real chorrahalar va yo‘l belgilari asosida qurilgan.
Shuningdek, maydonchadan yon atrofdagi mahallalar hamda maktablar o‘quvchilari amaliyot o‘tkazish maydonchasi sifatida foydalanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘quv maydonchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi "2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-316-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.