Yangiliklar

.

Quvasoyda o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi

25-mart 2026-yil
image

Quvasoy shahar MMTB tasarrufidagi 1- va 24-maktablarda aniq fanlar hamda ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Seminar davomida dolzarb mavzular yuzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi darslar ingliz tili o‘qituvchilari uchun ayniqsa samarali bo‘ldi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — o‘qituvchilarning bilim va tajribasini oshirish, ilg‘or metodlarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb